Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI" LEGIONER HUJUMChI BILAN ShARTNOMA IMZOLADI

2-fevral, 2022·1 min o'qish
photo_2022-02-02_09-36-35

Yangi mavsumda oʻz oldiga yuqori maqsadlarni qoʻygan va tarkibni kuchaytirish borasida faollik bilan ish olib borayotgan "Neftchi" jamoasi serbiyalik yosh va isteʼdodli hujumchi Marko Sharich bilan shartnoma imzoladi. Maʼlumot uchun, Marko Sharich 1998 yil 28 noyabr sanasida Serbiyaning Belgrad shahrida tugʻilgan boʻlib, faoliyati davomida "Chukarichki", "Radnichki","Rad" kabi klublarida toʻp surgan. "Neftchi"ga kelishidan oldin oxirgi oʻynagan jamoasi "Metalats" klubi hisoblanadi. Serbiya chempionatida 59ta uchrashuvda maydonda harakatlangan 23 yoshli futbolchi 11ta golga mualliflik qilgan. Jamoamiz va barcha muxlislarimiz nomidan yosh va isteʼdodli hujumkor futbolchiga "Neftchi" safida yanada gʻayrat va shijoat bilan faoliyat yuritib, klub sharafini yuksak choʻqqilarga olib chiqishga munosib hissa qoʻshishiga ishonch bildiramiz. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar