"NEFTChI" JAMOASI "ISTIQLOL" STADIONIGA QAYTDI

Xabaringiz bor, sevimli "Neftchi" jamoamiz Superliganing oxirgi 2 ta bahsidan soʻng qisqa taʼtilga chiqqan edi. Bugun esa vakillarimiz taʼtildan qaytib, 18 oktyabr sanasida boʻlib oʻtadigan vodiy derbisi ("Neftchi"-"Navbaxor" uchrashuvi)ga puxta tayyorgarlik koʻrish uchun keng koʻlamdagi qurilish va taʼmirlash ishlari olib borilib, qayta taʼmirdan chiqqan muhtasham "Istiqlol" stadionida ochiq mashgʻulotlar oʻtkazdi. Mashgʻulotlardan oldin esa jamoa rahbariyati, jumladan Fargʻona shaxar hokimligi mutasaddilari , Fargʻona futbol assosiasiyasi rahbariyati, klub rahbariyati va muxlislar yangi taʼmirdan chiqarilgan "Istiqlol" stadionida jamoamiz yuksalishi va rivoji uchun qilingan ishlar xayrli boʻlishini, mavsumdagi koʻrsatkichlari yuqori boʻlishligi va ushbu arena futbolimizning yanada rivoji va gʻalabali natijalar davomli boʻlishini niyat qilgan xolda Qurʼon tilovat qilinib, qoʻy soʻyilib ehson qilindi. Quyida ushbu fotosuratlarni taqdim etamiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

































