Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI" IKKI TOMONLAMA BAHS OʻTKAZDI

10-iyun, 2023·1 min o'qish
IMG_20230612_001816_416

"NEFTChI" IKKI TOMONLAMA BAHS OʻTKAZDI Avval xababar berganimizdek, kichik tanaffusdan mazmunli foydalanish maqsadida "Neftchi" murabbiylar shtabi 14 va 18 iyun kunlari oʻrtoqlik uchrashuvlarini rejalashtirgan. Ushbu oʻyinlar oldidan bugun futbolchilarimiz "Istiqlol" markaziy oʻyingohida ikkiga boʻlingan holda sariq va yashil rangli liboslarda oʻzaro kuch sinashdilar. Uchrashuv mobaynida har ikkala jamoa vakillarida ham gol kiritish uchun koʻplab vaziyatlar yuzaga keldi va bundan faqat yashillar unumli foydalanib, darvozani ishgʻol etishga muvaffaq boʻlishdi. Bu vaziyatda aniq oshirilgan uzatmani qabul qilib olgan Sunnatilla Abdullajonov toʻpni darvoza toʻriga chiroyli tarzda joylab qoʻydi va jamoasining minimal 0:1 hisobidagi gʻalabasini taʼminladi. Maʼlumot oʻrnida, bugungi nazorat-sinov bahsida Ulugʻbek Xoshimov bilan Vladimir Nazarovlar Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasining oʻrtoqlik uchrashuvlariga, tajribali legioner himoyachimiz Zoir Joʻraboev esa Tojikiston terma jamoasi bilan Toshkentda oʻtayotgan CAFA musobaqasiga jalb qilinganliklari bois, ular bugungi uchrashuvda ishtirok etishmadi. Fargʻona shahar. "Istiqlol" stadioni "Neftchi-Sariqlar" 0:1 "Neftchi-Yashillar" Gol: S. Abdullajonov 83 0:1. "Neftchi" (Sariqlar): Akbar Toʻraev, Aleksey Larin, Muxsin Ubaydullaev, Anvar Gʻofurov, Mirzoxid Gʻofurov, Umar Adxamzoda, Lutfulla Toʻraev, Diyor Turopov, Gʻulomxaydar Gʻulomov, Izzatilla Abdullaev, Toma Tabatadze. "Neftchi" (Yashillar): Asror Kenjaev, Andrey Mishenko, Raxmonjon Roʻziev, Nodirxon Neʼmatxonov, Abbos Gʻulomov, Sunnatilla Abdullajonov, Fozil Musaev, Abdullox Olimov (Muxammadali Xolmatov 75) , Yuriy Batyushin, Doniyor Valiev, Murod Bobojonov (Faxriddin Muxammadov 70) ✅"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar