Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI" - "BUXORO" PREVYu

26-sentabr, 2023·1 min o'qish
photo_2023-04-21_19-43-12

Coca-Cola Superliganing 20-turdagi raqibimiz "Buxoro" futbol klubi 1960 yilda tashkil topgan. Milliy chempionatimiz doirasida Pro liga hamda Superligada toʻqnash kelgan jamoalar jami 57 marta oʻzaro uchrashgan boʻlib, bularning 16 tasida "Buxoro" gʻalaba qozongan, 5 ta oʻyin durang bilan yakun topgan va 36 ta bahsda "Neftchi" ustun kelgan. Umumiy toʻplar nisbati 107-53 fargʻonaliklar foydasiga. Jamoalarning bu qarama-qarshilikdagi eng yirik gʻalabalari 1994 yilga toʻgʻri keladi. Buxorodagi oʻyinda mezbonlar 4:1 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa, Fargʻonada esa "Neftchi" 5:0 hisobida ustun kelgan. Fargʻonada qayd etilgan oxirgi 5 ta uchrashuv natijalari: PRO LIGA 12.09.2021. "Neftchi"-"Buxoro" 2:0 14.11.2021. "Neftchi "-"Buxoro" 1:1 SUPERLIGA 12.042018. "Neftchi"-"Buxoro" 0:1 07.09.2017. "Neftchi"-"Buxoro" 1:2 29.10.2016. "Neftchi"-"Buxoro" 0:1 Jamoamiz birinchi davrada Buxorodagi uchrashuvda 2:2 hisobidagi durang oʻynab qaytgandi

Ulashish

O'xshash yangiliklar