"NEFTChI"-"BUXOPO" PREVYu

"Buxoro" klubi 1960 yilda tashkil topgan. 1989 yilda jamoa "Nurafshon" nomi bilan harakat qilgan. 1997 yildan boshlab yana "Buxoro" brendi ostida faoliyat yuritib kelmoqda. Oʻzbekiston chempionati bellashuvlarida jamoalar jami 53 marta oʻzaro toʻqnashgan boʻlib, bularning 16 tasida "Buxoro" gʻalaba qozongan, 3ta oʻyin durang bilan yakun topgan va 34ta bahsda "Neftchi" ustun kelgan. Umumiy toʻplar nisbati 98-49 fargʻonaliklar foydasiga. Jamoalarning bu qarama-qarshilikdagi eng yirik gʻalabalari 1994 yilga toʻgʻri keladi. Buxoroda mezbonlar 4:1 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa, Fargʻonada "Neftchi" 5:0 hisobida ustun kelgan. Fargʻonada qayd etilgan oxirgi 5ta uchrashuv natijalari quyidagicha: 12.04.2018 “NEFTChI” – “BUXORO” 0:1 07.09.2017 “NEFTChI” – “BUXORO” 1:2 29.10.2016 “NEFTChI” – “BUXORO” 0:1 26.06.2015 “NEFTChI” – “BUXORO” 1:0 03.08.2014 “NEFTChI” – “BUXORO” 1:0 "Neftchi" matbuot xizmati