"NEFTChI"-"BUNYoDKOR" PREVYu

Bugun Superliganing 10-tur bahsida Vitaliy Levchenko boshchiligidagi sevimli "Neftchi" jamoamiz Toshkentning "Bunyodkor" klubini qabul qiladi. Raqibimiz "Bunyodkor" futbol klubi 2005 yilda "Quruvchi" nomi bilan tashkil etilgan jamoadir. 2008 yildan eʼtiboran jamoa "Bunyodkor" nomi ostida toʻp sura boshladi. Oʻtgan davr mobaynida "Bunyodkor" Oʻzbekistonning 5 karra chempioni, 3 karra kumush medallar, 4 karra Oʻzbekiston kubogi va bir marotaba Superkubok sohibi boʻlgan. 2008 va 2012 yilda "Bunyodkor" OChL kubogining yarim finaligacha yetib borgan. Milliy chempionatimiz doirasida jamoalar oʻzaro 26 marta toʻqnash kelishgan. Bulardan "Neftchi"da 5ta oʻyinda gʻalaba va 17 ta bellashuvda magʻlubiyat mavjud, 4 ta oʻyinda durang qayd etilgan. Toʻplar nisbati 16-40 toshkentliklar foydasiga. Jamoalarning Fargʻonada boʻlib oʻtgan oxirgi 5 uchrashuvi natijalari 25.04.2022. "Neftchi"-"Bunyodkor" 1:3 17.03.2018. "Neftchi"-"Bunyodkor" 0:1 16.04.2017. "Neftchi"-"Bunyodkor" 1:2 03.08.2016. "Neftchi"-"Bunyodkor" 2:1 20.09.2015. "Neftchi"-"Bunyodkor" 2:0 "Neftchi" PFK matbuot xizmati