"NEFTChI"-"BUNYoDKOR" PREVYu

Superligada yakuniga yetgan 5-tur bahslaridan soʻng eʼtiborni Oʻzbekiston kubogi turniriga qaratamiz. Ayni damda chempionatda karvonboshilik qilib kelayotgan "Neftchi" hamda "Bunyodkor" jamoalari musobaqaning "S" guruhidan joy egallagan boʻlib, 12 aprel kuni Fargʻonadagi "Istiqlol" markaziy oʻyingohida kubok uchun kurashga kirishadilar. Raqibimiz "Bunyodkor" futbol klubi 2005 yilda "Quruvchi" nomi bilan tashkil etilgan jamoadir. 2008 yildan eʼtiboran jamoa "Bunyodkor" nomi ostida toʻp sura boshladi. Oʻtgan davr mobaynida "Bunyodkor" Oʻzbekistonning 5 karra chempioni, 3 karra kumush medallar, 4 karra Oʻzbekiston kubogi va bir marotaba Superkubok sohibi boʻlgan. 2008 va 2012 yilda "Bunyodkor" OChL kubogining yarim finaligacha yetib borgan. Milliy chempionatimizga kelsak, jamoalar oʻzaro 26 marta roʻbaroʻ kelishgan. Bulardan "Neftchi"da 5ta oʻyinda gʻalaba va 17 ta bellashuvda magʻlubiyat mavjud, 4 ta oʻyinda durang qayd etilgan. Toʻplar nisbati 22-55 toshkentliklar foydasiga. Oʻzbekiston kubogi doirasida jamoalar toʻrt marta kuch sinashgan.Bu qarama-qashilikdagi koʻrsatkich ham poytaxtliklar foydasiga: 27.07.2017. "Bunyodkor"-"Neftchi" 3:1 30.06.2017. "Neftchi"-"Bunyodkor" 1:2 04.07.2010. "Bunyodkor"-"Neftchi" 4:1 30.06.2010. "Neftchi"-"Bunyodkor" 2:3 "Neftchi" PFK matbuot xizmati