Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI"-"BUNYoDKOR" OʻYIN ChIPTALARI SAYYoR KASSALARDA SOTUVDA

11-aprel, 2023·1 min o'qish
Istiqlol_original1
IMG_20230411_133642_232

Xabaringiz bor, ertaga Oʻzbekiston Kubogi doirasida "Neftchi" Toshkentning "Bunyodkor" klubini qabul qiladi. Qiziqarli va shiddatli ruhda kechadigan mazkur uchrashuvga chiptalar sotuvga chiqarilgan. Chiptalarni stadion kassalarida, shuningdek Fargʻona shahar dehqon bozor avtoturargohi hamda kunning ikkinchi qismidan boshlab "Ixlos" market yonidagi chorrahada joylashgan maxsus kassalarda 15000, 20000 va 30000 soʻmdan belgilangan narxlarda xarid qilish imkoniyatiga egasiz. Bundan tashqari, uzoq-yaqindan tashrif buyuradigan muxlislarga ham qulaylik yaratish maqsadida klub rahbariyati "Ye-chipta" xizmatidan foydalanadi. Bunda siz telegram orqali "@echipta_bot" botiga kirib hamyonni toʻldirgan holda O'yinlar ro'yxati >➡️ O`zbekiston kubogi > ➡️ "Neftchi" - "Bunyodkor" > ➡️ Chipta sotib olish boʻlimlariga kirib, oʻzingiz xohlagan joydan chipta harid qilishingiz mumkin ! Shoshilib qoling chiptalar miqdori chegaralangan. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar