"NEFTChI" BUGUNDAN MAShGʻULOTLARGA KIRIShDI

Yakuniga yetgan navbatdagi tur bahslaridan soʻng Superliga jamoalari qisqa hordiq chiqargach birin-ketin yigʻinlarga kirishmoqda. Jumladan, Vitaliy Levchenko shogirdlari ham bugundan Qirgulida yigʻilib, mashgʻulotlarni boshlab yuborishdi. Odatga koʻra, futbolchilar dastavval fitnes zaliga yoʻl olishib, u yerda trenajyorlar yordamida jismoniy holatni tiklashga qaratilgan mashqlarni bajarishdi, soʻng ochiq maydonga koʻchib oʻtib, toʻp bilan muomala qilish mahoratlarini mustahkamlash bilan mashgʻul boʻldilar.Aytib oʻtish joiz, Oʻzbekiston U-23 terma jamoasiga jalb qilingan mahoratli Vladimir Nazarov va Ulugʻbek Xoshimov hamda Tojikiston MTJ aʼzosi Zoir Joʻraboevlar bugungi mashgʻulotlarda ishtirok etishmadi. Maʼlumot oʻrnida, yuzaga kelgan tanaffusdan maqsadli foydalanish uchun jamoamiz murabbiylar shtabi nazorat uchrashuvlarini ham tayyorgarlik rejasiga kiritishgan. shbu oʻyinlar taqvimini keyingi sahifalarimizda havola etamiz. Muxlislarimiz eʼtiboriga bugungi mashgʻulotlarda aks etgan fotolavhalarni taqdim etmoqdamiz.


























