"NEFTCHI" BESH NAFAR FUTBOLCHI BILAN SHARTNOMA IMZOLADI
9-dekabr, 2024·1 min o'qish

"Neftchi" futbol klubi O'zPFL bilan muzokara o'tkazib, Farg'ona viloyati rahbariyati kafolati ostida joriy yilning 13 dekabri sanasiga qadar shartnoma bo'yicha majburiyatlarni to'liq bajarish yuzasidan kelishuvga erishdi. Unga ko'ra "Neftchi" PFK "Superliga va Proliga reglamenti"da qayd etilgan limitdan tashqari yangi futbolchilarni Liga ro'yxatidan o'tkazdi. Bular serbiyalik Zoran Marushich, chernogoriyalik Vladimir Yovovich, gruziyalik Toma Tabatadze, mahalliy futbolchilardan esa Abror Ismoilov va Muhammadali G'iyosovlar. Eslatib o'tamiz, qishki transfer oynasi 10 dekabri kunidan boshlab 25 fevralgacha davom etadi.