Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTChI" - "ANDIJON" UChRAShUVI "ISTIQLOL" STADIONIDA BOʻLIB OʻTADI!

24-avgust, 2023·1 min o'qish
IMG_20230824_204814_373

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Superligasi 18-tur doirasida jamoamiz "Andijon" klubi bilan kuch sinashadi. Ushbu jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvi ham "Istiqlol" stadionida oʻtkazilgan edi. Bunga sabab esa Andijondagi "Bobur Arena"da taʼmirlash ishlari olib borilayotgani boʻlgan. "Andijon" jamoasi mezbon sifatida Superliga musobaqasida "Istiqlol" stadionida oltita uchrashuvni oʻtkazishga ulgurgan. Shu jumladan, "Neftchi" jamoasini ham mezbon sifatida qabul qilishga erishgan. Shuningdek, chipta pullari ham aynan Andijonliklar gʻaznasiga kelib tushgan. Shuni maʼlum qilamizki, 31 avgust kuni kechadigan "Neftchi" - "Andijon" uchrashuvi PFL taqvimiga koʻra "Istiqlol" stadionida "Neftchi" jamoasining mezbonligida boʻlib oʻtadi. Eslatib oʻtamiz, uchrashuv 31 avgust kuni soat 19:00da start oladi va ushbu uchrashuvga barcha muxlislarimizni taklif qilib qilamiz. 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar