"NEFTChI" - "ANDIJON" PREVYu

Coca-Cola Superliganing 18-turida "Istiqlol" markaziy oʻyingohida vodiy derbisi "Neftchi"-"Andijon" bahsi boʻlib oʻtadi. Raqibimiz "Andijon" futbol klubi sobiq Sovet Ittifoqi davrida 1964 yilda tashkil topgan va mustaqillik yillariga qadar ikkinchi liga musobaqalarida ishtirok etgan. Shu davr mobaynida jamoa "Spartak","Andijanets", "Paxtakor" va "Navroʻz" nomi ostida toʻp surgan boʻlib, 1997 yildan eʼtiboran milliy chempionatimizdagi faoliyatini "Andijon" nomi bilan yuritmoqda. Jamoalar Oʻzbekiston birinchiligi doirasida shu kungacha oʻzaro 48 marta toʻqnash kelishgan. Bulardan 10 tasida andijonliklar gʻalaba qozongan, 5ta uchrashuv durang bilan yakunlangan va 33 ta bellashuvda "Neftchi"ning qoʻli baland kelgan.Oʻzaro qarama-qarshilikda Andijon"ning eng yirik gʻalabasi 3:1, "Neftchi"ning eng yirik gʻalabasi 7:1 koʻrinishida qayd etilgan. Umumiy toʻplar nisbati 95-43 fargʻonaliklar foydasiga. Fargʻonada boʻlib oʻtgan oxirgi 5 ta uchrashuv natijalari quyidagicha: 15.12.2020. "Neftchi"-"Andijon" 1:3 19.08.2016. "Neftchi"-"Andijon" 1:2 21.10.2015. "Neftchi"-"Andijon" 0:1 07.11.2014. "Neftchi"-"Andijon" 1:0 27.09.2012. "Neftchi"-" Andijon" 2:0 Eslatib oʻtamiz, Andijondagi "Bobur arena" oʻyingohida taʼmirlash ishlari olib borilganligi sababli "Andijon" futbol klubi "Neftchi"ga qarshi birinchi davra uchrashuvini mezbon sifatida Fargʻonadagi "Istiqlol" stadionida oʻtkazib, 0:2 hisobida magʻlub boʻlgan. "Neftchi" PFK matbuot xizmati