"NEFTCHI" - "ANDIJON" PREVIYU

12 may kuni Superliganing 7-turida vodiy derbisi "Neftchi"-"Andijon" bahsi bo'lib o'tadi.Bu bahsga andijonliklar o'ziga xos jiddiyat bilan kelmoqdalar. Ular o'tgan turda o'z maydonida Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasiga imkoniyatni boy bergan bo'lsalar ham, oldingi bellashuvlarda to'plagan ochkolari hisobiga turnir jadvalida peshqadamlar safida bormoqdalar. Jamoalar O'zbekiston birinchiligi doirasida shu kungacha o'zaro 49 marta to'qnash kelishgan. Bulardan 10 tasida andijonliklar g'alaba qozongan, 6 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan va 33 ta bellashuvda "Neftchi"ning qo'li baland kelgan.O'zaro qarama-qarshilikda Andijon"ning eng yirik g'alabasi 3:1, "Neftchi"ning eng yirik g'alabasi 7:1 ko'rinishida qayd etilgan. Umumiy to'plar nisbati 95-43 farg'onaliklar foydasiga. Farg'onada bo'lib o'tgan oxirgi 5ta uchrashuv natijalari quyidagicha: 31.08.2023. "Neftchi"-"Andijon" 0:0 15.12.2020. "Neftchi"-"Andijon" 1:3 19.08.2016. "Neftchi"-"Andijon" 1:2 21.10.2015. "Neftchi"-"Andijon" 0:1 07.11.2014. "Neftchi"-"Andijon" 1:0 "Neftchi" PFK matbuot xizmati