"NEFTChI" - "ANDIJON" BELLAShUVIGA ChIPTALAR SOTUVGA ChIQARALDI!

Xabaringiz bor, 31 avgust kuni soat 19:00da Oʻzbekiston Superligasi 18-tur doirasida "Neftchi" Andijonning "Andijon" klubini qabul qiladi. Qiziqarli tarzda kechishi kutilayotgan mazkur uchrashuvga chiptalar sotuvi yoʻlga qoʻyildi. Chiptalar faqat stadion kassalarida 20000-30000 va 40000 soʻmdan belgilangan narxlarda sotiladi. ⚡️Stadion maʼmuriyati murojaatnomasiga binoan, futbol bellashuviga stadionning maxsus kassalaridan tashqari harid qilingan qalbaki chiptalar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi va qalbaki chipta bilan stadion hududiga kirishga uringan shaxslarga nisbatan qonun doirasida choralar koʻrilishi boʻyicha muxlislarni ogohlantiradi. ⚡️Chipta sotib olgan tomoshabinlar bir-birlarini chinakam hurmat qilishlari va futbol bahsini chiptada koʻrsatilgan joyda oʻtirib, tomosha qilishlarini iltimos qilamiz. Shuningdek, Andijonlik muxlislar uchun chiptalar sotuvi 30 avgustdan boshlab stadionning orqa tarafdagi eshigi oldidagi kassada sotiladi. Chiptalarni stadion kassalari 09:00 dan 17:00gacha harid qilishingiz mumkin. 🟢"Neftchi" PFK jamoasi