Yangiliklarga qaytish
Onlayn

"NEFTCHI" AFSONALARI TASHRIF BUYURISHDI

13-noyabr, 2024·1 min o'qish
20241113_102041

1994 yilda O'zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyaning Xirosima shahrida o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida g'olib chiqib, yuksak marrani egallagan edi. G'oliblar safida "Neftchi"ning mashhur o'yinchilari aka-uka Asad va Rustam Durmonovlar,Sergey Lebedev, AleksandrTixonov, Andrey Fyodorov va Stepan Atoyanlar ham bor edi. Shu kunlarda o'sha tarixiy g'alabaning 30 yilligi o'ziga xos tarzda esga olinmoqda va nishonlanmoqda. Bugun farg'onaliklar sevib ardoqlaydigan aka-ukalar va hozirgi kunda Gresiyada istiqomat qilib kelayotgan Stepan Atoyan shahrimizda mehmon bo'lishdi. Ular jonajon jamoalari joylashgan binolar va futbol maydonlarini ziyorat qilishib, quvonchli damlarni yodga olishdi. Sevimli jamoalari mamlakat chempionatida kelgusi yillarda yana g'oliblikni egallab, o'z muxlislarini quvontirishlariga to'la ishonch bildirishdi. Suratda chapdan o'ngga: Stepan Atoyan, Timur Yusupov (o'sha davrdagi videooperator) Asad Do'rmonov va Rustam Do'rmonov

20241113_10204020241113_10203320241113_102348
Ulashish

O'xshash yangiliklar