Yangiliklarga qaytish
Onlayn

NAZORAT UCHRASHUVLARIDAGI RAQIBLARIMIZ MAʼLUM

7-yanvar, 2025·1 min o'qish
084A6151

Yangi mavsumda yuqori maqsadlarni ko‘zlagan Vitaliy Levchenko boshchilikidagi jamoamiz avval xabar berganimizdek Turkiyaning Antalya shahriga yetib borib, mashgʻulotlarni boshlab yuborishdi. Antaliyadagi oʻquv mashgʻulot yigʻini doirasida jamoamiz xorij jamolari bilan nazorat uchrashuvlarini oʻtkazish rejalashtirilgan, jamoamizga "Hermannstadt" (Ruminiya), "Mladost" (Serbiya), "Prishtina" (Kosova), "IMT" (Serbiya) va "Sileks" (Makedoniya) jamoalari raqiblik qilishadi. Uchrashuv sanalari va soatlari haqidagi to‘liq maʼlumot yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. "Neftchi" PFK matbuot xizmati ushbu uchrashuvlarni jonli efirda ko‘rsatishga harakat qiladi.

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/01/IMG_20250107_201000_858-300x300.jpg]

Ulashish

O'xshash yangiliklar