NAZORAT UChRAShUVLARI
8-iyun, 2023·1 min o'qish

Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi yuzaga kelgan kichik tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida ikkita nazorat uchrashuvini rejalashtirib, ularga puxta tayyorgarlik koʻrmoqda. 14 iyunda Qirgulidagi qarorgoh stadionida Qirgʻiz Respublikasining Olimpiya terma jamoasi "Neftchi"ning mehmoni boʻladi. 18 iyunda esa jamoamiz Toshkentda amaldagi chempion" Paxtakor " bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi. Har ikkala bellashuv ham jamoamizning rasmiy bahslarga jiddiy hozirlik koʻrish, gʻalabaga chuqur ishonch va shiddat bilan erishish istaklarini roʻyobga chiqarishda muhim sinov-omil boʻladi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati