NAZORAT UCHRASHUVIDA MAYDONGA TUSHDIK

Asosiy jamoamiz vakillari yoshlar jamoamiz bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushdi
FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan tanafsusdan unumli foydalanayotgan jamoamiz bugun nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Qirguli mavzesidagi "Neftchi Arena" o‘yingohida "Neftchi" U-21 jamoasiga qarshi bahs olib borgan asosiy tarkibimiz 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuv bosh murabbiy Islombek Ismoilov boshchiligida jamoaning navbatdagi rasmiy bahslarga tayyorgarligi doirasida o‘tkazildi.
NAZORAT UCHRASHUVI
2 oktyabr, soat 10:00
Qirguli mavzesi, «Neftchi Arena» o‘yingohi
"NEFTCHI" — "NEFTCHI" U-21 — 6:3
Gollar: Markus Fors 27' (1:0), Fayzullo Nurmuhammadov 32' (1:1), Jamshid Iskanderov 40' (2:1), Markus Fors 45' (pen. 3:1), Xurshid Gʻiyosov 51' (4:1), Zoran Marushich 70' (5:1), Markus Fors 72' (5:2), Markus Fors 75' (5:3), Rustambek Fomin 84' (6:3).
"Neftchi" (birinchi bo‘lim): 1. Botirali Ergashev, 3. Migel Augusto, 5. Ikrom Aliboyev, 6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 7. Abrorbek Ismoilov, 10. Jamshid Iskanderov, 21. Muhsinjon Ubaydullayev, 22. Alisher Odilov, 31. Yan Sasse, 34. Farrux Sayfiyev, 88. Markus Fors.
"Neftchi" (ikkinchi bo‘lim): 45. Akbar To‘rayev, 3. Migel Augusto, 6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 9. Xurshid Gʻiyosov, 18. Stipe Perisha, 20. Anvarjon Gʻofurov, 21. Muhsinjon Ubaydullayev, 30. Rustambek Fomin, 31. Yan Sasse, 32. Zoran Marushich, 71. Bilolxon Toshmirzayev.
Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov.
ESLATMA:
Uchrashuvning e’tiborli voqeasi hujumchi Markus Forsning o‘ziga xos "poker" qayd etgani bo‘ldi. Futbolchi o‘yinning birinchi bo‘limida "Neftchi" asosiy tarkibida maydonga tushib, raqib darvozasini 2 bor (biri penaltidan) ishg‘ol qildi. Ikkinchi bo‘limda esa u "Neftchi" U-21 jamoasi safiga harakat qildi va asosiy tarkib darvozasiga ham yana 2 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, Fors bugungi nazorat bahsida har ikki jamoa safida gol urib, jami 4 ta gol muallifiga aylandi.
"Neftchi" PFK matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
TOSHKENTDA MUHIM G‘ALABA VA YAKKA PESHQADAMLIK
TOSHKENTDA MUHIM G‘ALABA VA YAKKA PESHQADAMLIK
"NEFTCHI" DAN OCHL ELITDA TARIXIY VA SHONLI GʻALABA!
"NEFTCHI"DAN OCHL ELITDA TARIXIY VA SHONLI GʻALABA!
SURXON USTIDAN MUHIM G‘ALABA!
JAMOAMIZDAN MUHIM G‘ALABA!