NAZORAT UCHRASHUVIDA KICHIK GʻALABA!

Turkiyaning Antalya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan sevimli jamoamiz bugun yig‘inlar doirasidagi ikkinchi nazorat uchrashuvini Serbiyaning "Mladost" klubi bilan o‘tkazdi. Bahsning birinchi bo‘limida yigitlarimiz ancha shiddatli va texnikaviy jihatdan mahorat bilan harakat qildilar. Raqiblar darvozaboni uchun bir necha marta xavfli vaziyatlar ham yaratdilar. Lekin, bu harakatlar aniq natija bermadi va tanaffusga jamoalar 0:0 hisobi bilan chiqdilar. Vitaliy Levchenko shogirdlari ikkinchi bo‘limni ham faollik bilan boshladilar. Bundan xavfsiragan raqiblar darvozaboni qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Uning jamoadoshlariga oshirgan uzatmasi neftchilar oyog‘iga kelib tushdi. Bundan unumli foydalangan Jamshid Iskanderov to‘pni darvozaga aniq yo‘naltirib hisobni ochdi 1:0. Shundan keyin "Neftchi"ning maydonda harakatlangan o‘yinchilari to‘la yangilandi. Raqiblar bu holdan foydalanib qolish uchun tashabbusni o‘z qo‘llariga oldilar.Lekin ularning bu hatti harakatlari natija bermadi. Bu qiziqarli bellashuv 1:0 hisobida farg‘onaliklar foydasiga yakunlandi. Yigitlarimizga navbatdagi nazorat uchrashuvlarida ham tashabbuskorlik bilan harakat qilishlari, mahoratlarini amalda namoyish etishlarini tilab qolamiz Nazorat uchrashuvi 15.01.2025 "Neftchi" — "Mladost" (Serbiya) 1:0 Gol: Jamshid Iskanderov 55 "Neftchi": Akbar To'raev, Farruh Sayfiev, Anvar G'ofurov (s), Yovan Jokich, Shoxruh Gadoev, Ikrom Aliboev, Bilolxon Toshmirzaev, Abror Ismoilov, Jamshid Iskanderov, Vladimir Yovovich, Zoran Marushich. 2-bo'limda tushganlar: Muhsin Ubaydullaev, Doniyor Valiev, Shohrux Yoqubjonov, Boyan Siger, Quvondiq Ro'ziev, Diyor Turopov, Jamshid Boltaboev, G'ulom-Haydar G'ulomov, Muhammadali G'iyosov, Toma Tabatadze.
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/01/IMG_20250115_215705_309-300x208.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/01/IMG_20250115_215705_259-300x300.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/01/IMG_20250115_215705_705-253x300.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/01/IMG_20250115_215705_939-227x300.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/01/IMG_20250115_215705_466-300x225.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/01/IMG_20250115_215705_838-300x233.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/01/IMG_20250115_215657_348-237x300.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/01/IMG_20250115_215656_495-249x300.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/01/IMG_20250115_215656_767-273x300.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/01/IMG_20250115_215656_803-300x283.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/01/IMG_20250115_215657_245-284x300.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/01/IMG_20250115_215656_556-300x232.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/01/IMG_20250115_215656_954-223x300.jpg]