NAZORAT UChRAShUVIDA IRODALI GʻALABA

"Neftchi" ikkinchi bosqichning navbatdagi uchrashuvini Qozogʻistonning "Jetisu" klubi bilan oʻtkazdi. Bellashuvda raqiblar favqulodda toʻp kiritib, hisobni ochgan boʻlsalar ham "Neftchi" futbolchilari uyushqoqlik va shiddatni kamaytirmadilar. Birinchi boʻlim tugagach, jamoamiz murabbiylar shtabi klubning hujumkorligini kuchaytirish maqsadida bir qator oʻyinchilarni maydonga tushirdi. Shundan soʻng oʻyin jonlandi. Bunda jamoamizga Rossiyadan kelib qoʻshilgan Xusayn Norchaevning hissasi katta boʻldi. Uning 51 va 58-daqiqalarda boshi bilan kiritgan chiroyli gollari oʻyin taqdirini hal qildi desa ham boʻlaveradi. Bahs oxirida raqib jamoa himoyachisining qoʻpol xatosi tufayli hisob 3:1 koʻrinishiga keldi va shu hisob oʻyin oxirigacha oʻzgarmadi. Yigitlarimizga navbatdagi nazorat uchrashuvlarida ham ana shunday hamjihatlik, shiddat va omad yor boʻlishini tilaymiz. 45.Akbar Toʻraev 26.Boyan Siger 20.Anvar Gʻofurov 21.Muxsin Ubaydullaev 70.Abbos Gʻulomov 19.Mirzohid Gʻofurov 24.Keterin Karp 11.Javohir Qahramonov 7.Jasur Jaloliddinov 10.Shohruz Norxonov 40.Xusayn Norchaev Ikkinchi boʻlimda tushganlar: Bilolxon Toshmirzaev Gʻulomhaydar Gulamov Sanjar Qodirqulov Xurshid Muxtorov Jaloliddin Jumaboev Bosh murabbiy: Vitaliy Levchenko "Neftchi" matbuot xizmati https://youtu.be/4rzjD9O3BlM?si=hN_SdRCu6HvGS2nf