NAZORAT UChRAShUVIDA GʻALABA QOZONDIK!

Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" jamoamiz Superligada yuzaga kelgan kichik tanaffusdan unumli foydalangan holda nazorat uchrashuvini oʻtkazdi. Oʻrtoqlik uchrashuvidagi raqib, qoʻshnilarimiz Andijonning "Andijon" klubi boʻldi. Qirgulidagi "Neftchi" SK maydonida boʻlib oʻtgan bellashuvda vakillarimiz 3:1 hisobida gʻalaba qozondilar. Uchrashuv jamoamiz ustunligida oʻtdi deb, bemalol aytish mumkin.Oʻyinning 31 daqiqasida Umar Adhamzodaning qanotdan uyushtirgan reydini raqib himoyachilari qaytarishga muvaffaq boʻlishdi, biroq qaytgan toʻpni Diyor Turopov toʻxtatib oʻtirmay, chamasi 25 metrlardan kuchli zarba berib hisobni ochdi.Shundan soʻng andijonliklar uchrashuvning 43 daqiqasida burchak toʻpini tepish xuquqini qoʻlga kiritishdi va burchakdan yetkazilgan toʻpni Ilhom Alijonov boshi bilan darvoza toʻriga joylab, hisobni tenglashtirdi. Birinchi boʻlim ushbu hisob bilan yakunlandi. Ikkinchi boʻlimda Vitaliy Levchenko asosiy tarkibda maydonda harakat qilgan barcha futbolchilarni zaxiraga olib, tarkibni butunlay oʻzgartirdi va bu oʻzgarishlar oʻz samarasini berdi. Uchrashuvning 53 daqiqasida Murod Bobojonovning qanotdan uzatmasini Izzat Abdullaev toʻxtatmay chiroyli zarba berib hisobni 2:1 koʻrinishiga olib keldi.80 daqiqaga kelib Abbos Gʻulomov himoyachilardan oʻzib ketib, neftchilarning uchinchi goliga mualliflik qildi 3:1. Shunday qilib ikki qoʻshni jamoalarining bugungi oʻrtoqlik bahsi "Neftchi"ning yirik gʻalabasi bilan yakun topdi. OʻRTOQLIK UChRAShUVI 30.04.2023, 18:00 Fargʻona. "Neftchi SK" stadioni. "Neftchi" – "Andijon" 3:1 Gollar: Diyor Turopov 31 1:0, Ilxom Alijonov 43 1:1, Izzatilla Abdullaev 57, Abbos Gʻulomov 80 3:1. Hakamlar: Doston Mirzarimov, Shoxrux Aʼzamov, Azizbek Isakov "Neftchi" birinchi boʻlim: Akbar Toʻraev, Zoir Joʻraboev, Muxsin Ubaydullaev, Anvar Gʻofurov, Umar Adxamzoda, Mirzoxid Gʻofurov, Lutfulla Toʻraev (s), Gʻulomxaydar Gʻulomov, Diyor Turopov, Nurillo Toʻxtasinov, Ulugʻbek Xoshimov "Neftchi" ikkinchi boʻlim: Akbar Toʻraev, Aleksey Larin, Andrey Mishenko, Nodirxon Neʼmatxonov, Abbos Gʻulomov, Abdulloh Olimov, Fozil Musaev (s), Yuriy Batyushin, Izzatilla Abdullaev, Sunnatilla Abdullajonov, Murodbek Bobojonov. "Andijon": Igor Litovka, Dilshod Komilov, Islom Mamatkazin, Abdurahmon Komilov, Ilhom Alijonov, Muhammadkarim Toirov, Levan Arveladze, Nodari Kavtaradze, Suhrob Berdiev, Sardor Abdunabiev, Rubin Xebay. Zaxiradan maydonga tushganlar: Mohir Komilov, Farhod Sohibjonov, Ildar Mamatkazin, Vladimir Bubanya, Sardor Azimov, Asilbek Aysarov, Ilhom Abdugʻaniev, Bobur Farhodov, Hojimurod Asqarov, Abdulatif Oybekov, Izzat Abdurasulov Ogohlantirishlar: Ilxom Alijonov 33, Lutfulla Toʻreav 45, Oybek Latipov 70. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

























