Yangiliklarga qaytish
Umumiy

NAZORAT UChRAShUVIDA GʻALABA

16-yanvar, 2022·1 min o'qish
IMG_20220116_175510_757

Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik koʻrayotgan Ilhom Moʻminjonov boshchiligidagi "Neftchi" futbol klubi bugun dastlabki sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Toshkentdagi "Chigʻatoy" sport majmuasi maydonida boʻlib oʻtgan bahsda jamoamizga Pro liga vakili "Buxoro" klubi raqiblik qildi. Qiziqarli kechgan mazkur bellashuv fargʻonaliklarning ishonchli gʻalabasi bilan yakun topdi. Joriy yilda "Neftchi" aʼzosiga aylangan Sirojiddin Qoʻziev hamda Sunnatulla Abdulladjanovlar golllarga mualliflik qilishdi. "Neftchi" - "Buxoro" 2:0 Gollar: Sirojiddin Qoʻziev (60), Sunnat Abdullajonov (74). "Neftchi": Shuhratullo Rahmonov, Shodiyor Hojimatov, Muhsin Ubaydullaev, Husniddin Gʻofurov II, Sirojiddin Qoʻziev, Mirzohid Gʻofurov, Abdulloh Olimov, Oybek Qilichev, Husniddin Gʻofurov, Sunnatilla Abdullajonov, Ulugʻbek Hoshimov. Ilk gʻalaba muborak boʻlsin! "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar