NAZORAT UChRAShUVI BOʻLIB OʻTDI

Bugun Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi nazorat-oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Raqib Toshkentning "Bunyodkor" klubi ekanligini xabar bergan edik. Bugungi uchrashuvda ishtirok etgan futbolchilar yangi mavsum uchun tayyorgarlik koʻrish va asosiy tarkibni shakllantirishda amaliy sinov uchun maydonga chiqishdi. Uchrashuvda dastavval jamoamiz hisobni ochishga erishdi. Shahzodbek Ubaydullaev gol muallifiga aylandi. Ikkinchi boʻlimda raqib futbolchilari hisobni tenglashtirishga muvaffaq boʻlishdi 1:1 va ushbu hisob oʻyin yakuniga qadar oʻzgarishsiz qoldi. Jamoamiz bugun quyidagi tarkibda maydonda harakat qildi: Neftchi": Akbar Toʻraev, Oleksey Larin, Andrey Mishenko, Zoir Joʻraboev, Umar Adhamzoda, Abbos Gʻulomov, Humoyun Sherboʻtaev, Sunnatilla Abdullajonov, Yuriy Batyushkin, Dmitriy Lisakovich, Shahzodbek Ubaydullaev Zaxira: Shuxratillo Rahmonov, Ulugʻbek Hoshimov, Luka Nadiradze, Shodiyor Xojimatov, Raxmonjon Roʻziev, Izzatilla Abdullaev, Nodir Neʼmatxonov, Doniyor Valiev, Faxriddin Muhammadov "Neftchi" PFK matbuot xizmati