NAZORAT OʻYINIDA KIChIK MAGʻLUBIYaT

Xabaringiz bor, Vitaliy Levchenko boshchiligidagi sevimli jamoamiz Turkiyaning Antalya shahrida tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini oʻtamoqda va rejaga koʻra bir qator nazorat uchrashuvlarini oʻtkazishni rejalashtirgan. Bugun rejadan oʻrin olgan navbatdagi bellashuvda futbolchilarimiz Rossiyaning "Axmat" futbol klubi bilan maydonda yuzlashdi. Uchrashuv teng kurashlar ostida kechgan boʻlishiga qaramay, oʻyin taqdirini rossiyaliklar vakili Bernard Berisha tomonidan 2-daqiqada kiritgan yagona goli hal qildi 1:0. Navbatdagi nazorat bahsini vakillarimiz 7 fevral kuni oʻtkazishadi. Shu kuni sparring raqibimiz Qozogʻistonning "Jetisu" klubi boʻladi. Ushbu uchrashuvda jamoamizga omad va zafarlar yor boʻlishini tilaymiz. Nazorat uchrashuvi "Neftchi" - "Axmat" 0:1 Gol: Berisha 2. "Neftchi": 12.Sanjar Quvvatov, 26.Boyan Siger, 20.Anvar Gʻofurov, 21.Muxsin Ubaydullaev, 70.Abbos Gʻulomov, 19.Mirzohid Gʻofurov, 24.Gʻulomhaydar Gʻulomov, 23.Diyor Turopov, 11.Javohir Qahramonov, 10.Shohruz Norxonov, 77.Bilolxon Toshmirzaev. Zaxiradan oʻyinga qoʻshilganlar: Keterin Karp, Sanjar Qodirqulov, Bexruz Oblakulov, Xurshid Muxtorov, Jaloliddin Jumaboev, Doniyor Valiev. "Neftchi" PFK matbuot xizmati