NAZAROV VA XOShIMOV OTJ YIGʻINIDA IShTIROK ETADI.
29-avgust, 2023·1 min o'qish

Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi 1-sentyabr kuni navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini boshlaydi. Vakillarimiz 2024-yili Qatarda boʻlib oʻtadigan U-23 Osiyo kubogining saralash bosqichida ishtirok etishadi. Toshkent shahrida oʻtkaziladigan mazkur bosqich oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish maqsadida 31 nafar futbolchi yigʻinga chaqirildi. Futbolchilar orasida jamoamiz aʼzolari Vladimir Nazarov va Ulugʻbek Xoshimovlar oʻrin olgan