Yangiliklarga qaytish
Onlayn

NAVROʻZI OLAM MUBORAK!

21-mart, 2023·1 min o'qish
IMG_20230321_074311_318

Ona diyorimizda yangilanish va yasharish fasli-- Navroʻzi olam kirib kelmoqda. Bu shodiyona mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari uchun eng suyukli bayramdir, shu bilan birga ming yillar davomida maʼnaviy hayotimizning koʻrku ziynati boʻlib kelmoqda. Betakror va dilbar faslda vujudimizda kuch-gʻayrat va shijoat xis etamiz. "NEFTChI" futbol klubi barcha yurtdoshlarimizni ulugʻ ayyom— sharqona yangi yil bilan chin dildan muborakbod etadi. Bu qutlugʻ ayyom har bir xonadonga hamisha tinchlik-omonlik, baxt-saodat, fayz-baraka, qalblarimizga quvonch va zavq bagʻishlasin. NAVROʻZI OLAM MUBORAK BOʻLSIN, AZIZ YuRTDOShLAR! 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar