NAVBATDAGI YIGʻIN DOIRASIDAGI RAQIBLARIMIZ MAʼLUM
24-yanvar, 2023·1 min o'qish

"Neftchi" yangi mavsumga tayyogarlikning uchinchi bosqich jarayonini ham avval maʼlum qilganimizdek, Turkiyaning Antalya shahrida olib boradi. Vakilarimiz 25 yanvardan boshlab oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini olib borishi rejalashtirilgan. Bosh murabbiy Vitaliy Levchenko qoʻl ostidagi jamoamiz yigʻinlar davomida nazorat uchrashuvlarida qatnashishi koʻzda tutilgan. Bular Ukrainaning "Krivbass" hamda "Zarya", Rossiyaning "Krilya Sovetov", Armanistonning "Alashkert" va Bolgariyaning "Septemvri" jamoalari hisoblanadi. Mazkur uchrashuvlar 1-5-9-13-16 fevral kunlariga belgilangan. "Neftchi" PFK matbuot xizmati
