Yangiliklarga qaytish
Umumiy

NAVBATDAGI UChRAShUVDA HAM DURANG

17-yanvar, 2024·1 min o'qish
084A8241

Turkiyaning Antalya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik koʻrayotgan "Neftchi" jamoasi 13 yanvardagi birinchi nazorat uchrashuvini 0:0 hisobida durang natija bilan yakunlagan edi. Jamoamiz muxlislari ikkinchi nazorat bahsida Vitaliy Levchenko shogirdlari gʻalaba qozonsa kerak deb umid qilgan edilar. Lekin, Rossiyaning "SKA Xabarovsk" jamoasi bilan boʻlib oʻtgan bellashuv ham 1:1 hisobida durang natija bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi birinchi gol rossiyalik Sharl tomonidan kiritilgan boʻlsa, javob toʻpini jamoamizga yangi kelgan Jasur Jaloliddinov mohirlik bilan raqiblar darvozasiga yoʻllab hisobni tenglashtirdi. Bundan keyingi urinishlar natija bermadi. Ikkala tomon uchrashuvni murosa bilan yakunlashga majbur boʻldi. "Neftchi" 1:1 "SKA Xabarovsk" Gol: Sharl 0:1 12, Jasur Jaloliddinov 1:1 20 "Neftchi" birinchi boʻlim: 45.Akbar Toʻraev, 21.Muxsin Ubaydullaev, 20.Anvar Gʻofurov, 5.Jaloliddin Jumaboev, 19.Mirzoxid Gʻofurov, 70.Abbos Gʻulomov, 17.Sanjar Qodirqulov, 10.Javoxir Qaxramonov, 7.Jasur Jaloliddinov, 11.Shoxruz Norxonov, 77.Bilolxon Toshmirzaev. "Neftchi" ikkinchi boʻlimda: 1.Sanjar Quvvatov, 66.Doniyor Valiev, 3.Boyan Siger, 50.Shoxrux Yoqubjonov, 19.Mirzoxid Gʻofurov, 70.Abbos Gʻulomov, 23.Diyor Turopov, Muxammadali Holmatov, 75.Muxsin Bozorov, 77.Bilolxon Toshmirzaev, 40.Bexruz Oblakulov. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar