Yangiliklarga qaytish
Umumiy

NAVBATDAGI TUR BAHSIGA TAYYoRGARLIK BOShLANDI

20-mart, 2023·1 min o'qish
IMG_20230320_162047_481

Xabaringiz bor, Superliganing 3-tur bellashuvini safarda Jizzaxning "Soʻgʻdiyona" klubiga qarshi oʻtkazib, gʻalabani qoʻlga kiritgan "Neftchi" futbolchilari navbatdagi 4-tur bahsida Olmaliqning OKMK jamoasini qabul qilishadi. Qisqa taʼtilda boʻlib mashgʻulotlarga qaytgan jamoa aʼzolari bugun Toshkent shahrida yigʻilishdi va tayyorgarlik jarayonini boshlashdi.FIFA kunlari munosabati bilan chempionatda yuzaga kelgan kichik tanaffus davomida jamoamiz vakillari poytaxtdagi tayyorgarlik doirasida oʻrtoqlik-nazorat uchrashuvida ishtirok etishi koʻzda tutilgan. Eslatib oʻtamiz, Superliganing 4-tur "Neftchi"- OKMK bahsi Fargʻonadagi" Istiqlol" markaziy oʻyingohida 31 mart kuni boʻlib oʻtadi. 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar