Yangiliklarga qaytish
Umumiy

NAVBATDAGI NAZORAT UChRAShUVI BOʻLIB OʻTDI

24-dekabr, 2022·1 min o'qish
90511_medium

Bugun jamoamiz navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga chiqishdi bu safargi raqib xam Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi boʻldi, ushbu klub bilan bundan bir necha kun avval “Toshkent futbol akademiyasi” stadionida maydonga chiqishgan boʻlib, uchrashuvda 1:1 xisobidagi durrang qayd etilgan edi, Vitaliy Levchenko boshchiligidagi jamoamiz bugun “Bunyodkor” stadidioni zahira maydonida maydon egalariga qarshi uchrashuv oʻtkazishdi va uchrashuvda mezbonlar 1:0 xisobida gʻalaba qozonishdi yagona golga raqiblardan Abduazim Ortiqov mualiflik qildi, ushbu uchrashuvdan soʻng jamoamiz Toshkentagi oʻquv mashgʻulotlarini birinchi bosqichini yakunladi. Jamoamiz bugun quyidagi tarkibda maydonda harakat qildi: 45 Akbar Toʻraev, 21.Muxsin Ubaydullaev, 26 Oleksey Larin, 4 Andrey Mishenko, 22 Umar Adhamzoda, 7 Xumoyun Sherboʻtaev, 88 Doniyor Valiev, 19 Dimitriy Lisakovich, 20 Yuriy Batyushin, 99 Ulugʻbek Xoshimov, 46 Shaxzod Ubaydullaev. Zahiradagilar: 1.Shuxratillo Raxmonov, 12.Islom Abdullaev,24 Raxmonjon Roʻziev, 31 Nodirxon Neʼmatxonov, 15 Pirmuhammedov,18 Fozil Musaev, 17 Abdullox Olimov,10 Nurillo Toʻxtasinov,77 Faxriddin Muxammadov, 9 Sunnatillo Abdullajonov Bosh murabbiy: Vitaliy Levchenko "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar