NAVBATDAGI BAHSGA TAYYoRGARLIK BOShLANDI
7-avgust, 2023·1 min o'qish

Oʻtgan turda Toshkentda amaldagi chempion "Paxtakor" klubi bilan bahs olib borgan "Neftchi" futbolchilari bugundan oʻz qarorgohlarida yigʻilib, keyingi 16-tur bahsiga tayyorgarlikni boshlab yubordilar. Dastavval jamoamiz aʼzolari trenajyor zalida jismoniy holatlarini yaxshilash boʻyicha mashqlarda ishtirok etishdi, undan soʻng esa ochiq maydonga koʻchib oʻtib mashgʻulotlarni davom ettirishdi. Muxlislarimiz eʼtiboriga mashgʻulotlardan tayyorlangan videolahalarni havola etamiz. https://youtu.be/lTEDTL8LMMs 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati