Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NASAF"-"NEFTChI"  PREVYu

7-oktabr, 2023·1 min o'qish
084A9216

Superligada 21-turning markaziy uchrashuvi Qarshi shahrida boʻlib oʻtadi.Unda mamlakatimizning grandlari "Nasaf" hamda "Neftchi" jamoalari oʻzaro kuch sinashadilar. Statistikaga yuzlansak, ushbu jamoalar milliy chempionatimiz doirasida 49 marta toʻqnash kelishgan. Bularning 18 tasida “Neftchi” ustun boʻlgan, 20 ta uchrashuvda “Nasaf” jamoasining qoʻli baland kelgan. Qolgan 11 bellashuvda durang qayd etilgan. Kiritilgan va oʻtkazib yuborilgan gollar nisbati 65-56 qarshiliklar foydasiga. “Neftchi” jamoasining "Nasaf" ustidan qoʻlga kiritgan eng yirik gʻalabasi 1999 yilda 4:0 hisobida qayd etilgan. Raqiblarimiz esa 2003 yili 4:1 hisobida zafar quchgan. QARShIDA OʻTGAN SOʻNGGI 5 UChRAShUV NATIJALARI 07.11.2022. "Nasaf"-"Neftchi" 0:1 04.11.2018. "Nasaf"-"Neftchi" 2:0 14.05.2018. "Nasaf"-"Neftchi" 2:0 06.05.2017. "Nasaf"-"Neftchi" 2:0 04.11.2016. "Nasaf"-"Neftchi" 3:1 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar