MUXLISLAR STATISTIKASI

Yakunlangan 2024 yil mavsumida jamoamizning o'yinlarini bevosita stadiondan turib kuzatish uchun kelgan muxlislar haqida qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etamiz. Bu yilgi mavsumda “Neftchi”ning farg'onadagi uchrashuvlariga 114742 muxlis tashrif buyurgan, o'rtacha har bir uchrashuvga 8826 nafarni tashkil etadi. Istiqlol stadioniga vakillarimizni qo'llab turish uchun kelgan eng ko'p muxlis 7-tur “Neftchi” – “Andijon” bahsiga 19867 nafar muxlis to'g'ri keladi. Eng kam muxlis esa 17-turda “Neftchi” – “Olimpik” o'yiniga 3252 ta tashrif buyurgan. Mavsum davomida jamoamizning barcha o'yinlarini 172678 nafar tomoshabin bevosita stadiondan turib kuzatib borgan. Har bir turga o'rtacha 6641 nafardan to'g'ri keladi. Safar o'yinlarida eng ko'p muxlis 8-tur, yani “Navbahor” – “Neftchi” uchrashuvida qayd etilgan. Mazkur bellashuvga 22350 nafar ishqiboz tashrif buyurgan. Eng kam muxlis esa 24-tur “Surxon” – “Neftchi” o'yiniga to'g'ri keladi, 241 nafar. Ortda qolgan mavsumda jamoamizni doimiy ravishda qizg'in qo'llab – quvvatlab kelgan barcha muxlislarimizga samimiy minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz! "Neftchi" PFK matbuot xizmati