MUROSASIZ KEChGAN OʻYINDA JANGOVAR DURANG!

Superliganing markaziy oʻyinida sevimli jamoamiz chempionat favoritlaridan biri "Navbahor" klubiga qarshi bahs olib bordi. Birinchi boʻlimda jamoamiz vakillari ancha faol harakat va xavfli vaziyatlarni yaratish bilan koʻzga tashlandi. Bir qator kombinasion hujumlarni tashkil qilishda kuchli zarbalar ham amalga oshirildi. Lekin, mezbonlar darvozaboni qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etishga harakat qildi. Uchrashuvning 39-daqiqasida oʻng qanotdan tashkil etilgan hujum va aniq uzatma orqali Mirzohid Gʻofurov toʻpga birinchi boʻlib yetib keldi va darvozani ishgʻol etishga muvaffaq boʻldi 0:1. Bu hisob tannaffusgacha oʻzgarmadi. Ikkinchi boʻlimda mezbonlar oʻyinda tashabbusni oʻz qoʻllariga olish uchun ancha kuchli bosim oʻtkazishga kirishdilar va 67-daqiqaga kelib hisobni tenglashtirishga erishdilar. Bu vaziyatda burchak toʻpi amalga oshirilganda Milosh Milovich boshi bilan zarba berib darvozamizni ishgʻol etdi 1:1. Uchrashuvning qolgan qismida har ikkala jamoa vakillarida ham hisobni oshirish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga kelganligiga qaramay, uchrashuv jangovar durang 1:1 natijasi bilan yakunlandi. Coca Cola Superligasi oxirgi, 26-turidan joy olgan uchrashuv boshlandi. Coca Cola Superligasi 26-tur "Navbahor" – "Neftchi" 0:1 Bosh hakam: Sami Aljurays Qanot hakamlari: Muhammad Alabkari, Faysal Al Qaxtoni Zaxira hakami: Akmal Rahimov VAR: Sulton Aharbi AVAR: Bahtiyorxoʻja Shavkatov Nazoratchi: Valentin Kovalenko Komissar: Shohruh Said Gol: 0:1 — 39, Mirzohid Gʻofurov. "Navbahor": 1.Oʻtkir Yusupov (s), 5.Milosh Milovich, 7.Oston Oʻrunov, 10.Jamshid Iskanderov, 13.Filip Ivanovich, 17.Abror Ismoilov, 19.Doniyor Abdumannopov, 21.Temurxoʻja Abduxoliqov, 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 91.Toma Tabatadze. Zaxira: 12.Ignatiy Nesterov, 4.Azim Ahmedov, 33.Shodiyor Shodiboev, 69.Sherzodbek Abduboʻriev, 77.Asadbek Sobirjonov, 96.Usmonali Abdukarimov, 98.Davronbek Olimjonov. "Neftchi": 12.Vladimir Nazarov, 2.Zoir Joʻraboev, 8.Sharof Muhitdinov, 19.Mirzohid Gʻofurov (s), 20.Anvarjon Gʻofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 22.Giorgi Nikabadze, 23.Diyorjon Turopov, 24.Gʻulom Haydar Gulyamov, 70.Abbosjon Gʻulomov, 77.Bilolxon Toshmirzaev. Zaxira: 45.Akbar Toʻraev, 9.Ulugʻbek Hoshimov, 10.Sunnatilla Abdullajonov, 11.Izzatilla Abdullaev, 14.Rahmonjon Roʻziev, 17.Abdulloh Olimov, 26.Oleksiy Larin, 28.Fozil Musaev, 66.Doniyor Valiev. Ogohlantirish: Yovan Jokich (28) 🟡"Neftchi" PFK matbuot xizmati