MURABBIYLARIMIZ "A" LISENZIYaSIGA OʻQIShMOQDA
11-may, 2023·1 min o'qish

Bugun Tojikiston respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida murabbiylar uchun "A" lisenziyasi oʻquv jarayonining birinchi bosqichi boshlandi. Oʻquv kurslariga Osiyo futbol konfederasiyasi instruktori Boyar Igamberdiev boshchilik qilmoqda. Quvonarli jihati, murabbiylar uchun tashkil etilgan oʻquv kurslarida "Neftchi"ning tajribali mutaxassislari Anvar Norqulov bilan Farrux Berdievlar ishtirok etmoqdalar. Jamoamiz rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va muxlislari nomidan har ikkala murabbiylarimizga mazkur kurslarda omad va zafarlar yor boʻlishini tilaymiz. 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati



