MURABBIYLARIMIZ "A" LISENZIYaGA EGA BOʻLIShDI
12-sentabr, 2023·1 min o'qish

Bugun Tojikiston respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida murabbiylar uchun "A" lisenziyasi oʻquv jarayoni oʻz nihoyasiga yetdi, ushbu oʻquv kurslariga Osiyo futbol konfederasiyasi instruktori Boir Egamberdiev boshchilik qilib keldi, quvonarli jihati, murabbiylar uchun tashkil etilgan oʻquv kurslarida "Neftchi"ning tajribali mutaxassislari Anvar Norqulov bilan Farrux Berdievlar ishtirok etishdi va Osiyo futbol konfederasiyaning "A" lisenziyasini qoʻlga kiritishdi. Jamoamiz rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va muxlislari nomidan har ikkala murabbiylarimizni tabriklaymiz. 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati

