MUHSINJON UBAYDULLAEV HAM FAOLIYaTINI OʻZ JAMOASIDA DAVOM ETTIRADI!
22-dekabr, 2023·1 min o'qish

"Neftchi" muxlislari bu tajribali va mahoratli futbolchini yaxshi bilishadi va hurmatlashadi. Bugun Muhsinjon 2024 yil mavsumida ham oʻz faoliyatini jonajon jamoasida davom ettirishga qaror qilganligini aytib, amaldagi shartnomasini uzaytirish haqida kelishib oldi. Unga ham butun jamoa va fargʻonalik futbol muxlislari nomidan mustahkam sogʻlik-salomatlik va ulkan zafarlar tilaymiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati