Yangiliklarga qaytish
Umumiy

MUHIM GʻALABA!

3-noyabr, 2024·2 min o'qish
084A3833

"Istiqlol" stadionida Superliganing 23-tur bahsida "Neftchi" Toshkentning "Bunyodkor" jamoasini qabul qildi. Farg'onaliklar keyingi uchrashuvlarda hujumkorlikni kuchaytirib, g'alaba qozonishga ko'nikib qoldilar. Bu bellashuvda ham shu holat yuz berdi. Birinchi bo'limda hisob ochilmagan bo'lsa ikkinchi bo'limning 59-daqiqasida nigeriyalik legioner hujumchimiz Effiong Nsungusi raqiblar darvozasiga to'p kiritib, hisobni ochdi 1:0. O'yinning 85-daqiqasida jamoamiz sardori Anvarjon G'ofurov mehmonlar darvozasiga ikkinchi to'pni kiritdi 2:0. Bu uning so'nggi uchrashuvlardagi uchinchi g'olibona goli edi. Maydon egalari endi g'alaba bizniki, degan hulosa bilan himoyani biroz bo'shashtirdilar. Bundan foydalangan "Bunyodkor" vakili Ollobergan Karimov 87-daqiqada "Neftchi" darvozasiga to'p kiritib, hamkasblarini xursand qildi. Biroq, 2:1 hisobi bellashuv oxirigacha o'zgarmadi. Vitaliy Levchenko shogirdlari muhim g'alabani qo'lga kiritib turnir jadvalida beshinchi o'ringa o'tib oldilar. Yigitlarimizga "Surxon" jamoasi bilan bo'ladigan navbatdagi uchrashuvda ham muvaffaqiyat tilaymiz. Superliga 23-tur doirasidagi "Neftchi" — "Bunyodkor" o'yini bo'lib o'tdi. "Neftchi" - "Bunyodkor" 2:1 Bosh hakam: Doston Rahmonov Yordamchi hakamlar: Ruslan Samandarov, Amal Sultonov Zaxira hakami: Alisher To'xtasinov VAR hakami: Akmal Rahimov AVAR hakami: Maksim Nexochin Nazoratchi: Viktor Serazitdinov Komissar: Jahongir Rahmatullaev Gol: Effiong Nsungusi (Azizbek Amonov) 60 1:0, Anvarjon G'ofurov 86 (Quvondiq Ro'ziev), 2:1, Ollobergan Karimov 88, 2:1 "Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 2. Zoir Jo'raboev, 21. Muhsin Ubaydullaev, 20. Anvar G'ofurov (s), 22. Azizbek Amonov (10. Shoxruz Norxonov, 73), 23. Diyor Turopov (11. Javohir Qahramonov, 73), 55. Manuchehr Safarov, 77. Bilolxon Toshmirzaev, 24. G'ulomhaydar G'ulomov, 30. Quvondik Ro'ziev (17. Sanjar Qodirqulov, 90), 99. Effiong Nsungusi. Zaxira: 45. Akbar To'raev, 8. Sardor Abduraimov, 14. Xurshid Muxtorov, 19. Mirzohid G'ofurov, 28. Behruz Oblakulov, 70. Abbos G'ulomov. "Bunyodkor": 13. Hamidulloh Abdunabiev, 4. Najmiddin Normurodov (7. Shahboz Jo'rabekov, 84), 5. Momchilo Rasho, 6. Boburbek Yo'ldoshev, 11. Temurxo'ja Abduxoliqov (s), 22. Usmonali Ismonaliev, 23. Asadbek Rahimjonov, 25. Itsuki Urata (65. Ahmadullo Muqumjonov,84), 41. Andriya Filipovich, 74. Luis Kachorri (14. Mirjahon Mirahmadov, 84), 77. Muzaffar Olimjonov (17. Ollobergan Karimov, 67) Zaxira: 1. Marin Lyubich, 8. Frane Chiryak, 10. Rasul Yo'ldoshev, 57. Amir To'raqulov, 66. Azizbek To'lqinbekov. Ogohlantirish: Muxsin Ubaydullaev ("Neftchi") 40, Effiong Nsungusi 43, Ahmadullo Muqimjonov 90

Ulashish

O'xshash yangiliklar