MUHAMMADALI XOLMATOV BILAN ShARTNOMA UZAYTIRILDI
6-yanvar, 2024·1 min o'qish·1

Muhammadali Xolmatov "Neftchi"ning yosh va iqtidorli futbolchilaridan biri.U jamoaning oʻrinbosarlari safida muntazam ravishda qanotdagi tezkor reydlari bilan yorqin va havas qilsa arziydigan oʻyin namoyish etib kelmoqda. Yosh iqtidor egasi bu yildan "Neftchi"ning asosiy tarkibi safiga jalb qilina boshlandi va nazorat uchrashuvlarida tez-tez maydonga chiqib turdi. Uning ana shu jihatlari eʼtiborga olinib, bugun amaldagi shartnomasi uch yil muddatga uzaytirildi. Bu iqtidorli futbolchining "Neftchi" jamoasidagi faoliyati yanada yorqin va porloq boʻlishini tilab qolamiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati