MIXAY ROMAN "NEFTChI" AʼZOSI!

Jamoamiz yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Bugun ruminiyalik tajribali futbolchi Mixay Roman "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda jamoamizning hujum chizigʻida harakat qiladigan boʻldi. Maʼlumot uchun, Mixay Roman oʻtgan mavsumni Ruminiya Oliy ligasi vakili "Petrorul" klubida olib bordi. Faoliyati davomida Ruminiya klublaridan tashqari Niderlandiya EREDIVIZIE ligasida va Isroil chempionatida toʻp surdi. Mixay Roman Ruminiya kubogi sohibi hisoblanadi. Shu kungacha 300 dan ortiq uchrashuvlarda maydonda harakatlangan futbolchi 69 ta toʻp kiritishga muvaffaq boʻlib, 28 ta golga assistentlik qilgan.Boʻyi 188 sm.ga ega boʻlgan futbolchining tranfermarkt saytidagi narxi 400 000 yevroni tashkil etadi. Ahil jamoamiz va jonkuyar muxlislarimiz nomidan Mixay Roman Aleksandruga yangi mavsumda "Neftchi"dagi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz! BUN VENIT ! Mihai Roman ! "Neftchi" PFK matbuot xizmati