Yangiliklarga qaytish
Umumiy

MIRZOHID GʻOFUROV: "YaNGI MAVSUM NATIJALARINI YaXShILAShGA HARAKAT QILAMIZ"

7-dekabr, 2023·2 min o'qish
084A5387

Tajribali ximoyachi Mirzoxid Gʻofurov mavsum yakulari boʻyicha klub matbuot xizmatiga intervyu berdi. -Yakunlangan mavsum haqida fikrlaringiz? -Yakunlangan mavsum eng esda qolarli mavsumlardan biri boʻldi. Ochigʻini aytsam, mavsum davomida "Neftchi" jamoasi medallar uchun kurashda haqli oʻyin koʻrsatdi, lekin yakunda esa beshinchi oʻrin bilan tugatdik. Xudo xohlasa yangi mavsumda ushbu koʻrsatkichni yaxshilashga urinib koʻramiz. -Oʻz oʻyiningizdan qoniqdingizmi ? -Futbolchini oʻyiniga koʻproq murabbiy baho beradi. Murabbiylarning koʻrsatmalariga aniq amal qildim shekilli, mavsum davomida har uchrashuvga boshlangʻich tarkibda maydonga tushirishdi. Oʻzimga kelsak, mavsum davomidagi oʻyinlarimdan qoniqdim,ammo muxlislar qanday fikrda ekanliklarini ham bilish kerak?(kuladi) -"Neftchi" faoliyatingizda muhim oʻrin tutgan jamoalardan hisoblanadi. Klubdagi oʻyinlaringiz orqali yangi darajaga koʻtarildingiz? -Albatta "Neftchi"da ahil jamoa tuzilgan. Tartib-intizom bor joyda albatta futbol rivojlanadi. Bundan tashqari jamoada futbolchilar, murabbiylar va klubning barcha xodimlari bir-birlari bilan juda yaxshi munosabatda. Bu yilgi natijalarga erishishimizga ham asosiy sabablardan biri ahil jamoa tuzilganligi deb hisoblayman. -Jamoamiz safida bu yildagi eng sermahsul futbolchi va 26 uchrashuvda doimiy xarakat qilgan futbolchi boʻldingiz. Buning asosiy sabablarini aytib bersangiz? -Bu xaqida boya gapirib oʻtdim. Vitaliy Grigoryevich koʻrsatmalarini maydonda toʻgʻri bajarishga harakat qildim. Sermahsullik boʻyicha gapiradigan boʻlsam ,maydonda uch ochko olish uchun gol uruvchi futbolchining familiyasi ikkinchi darajali, deb hisoblayman. Asosiysi, shu gollar va uzatmalar jamoamiz foydasiga ishlashi kerak. -Mavsum davomidagi eng yaxshi va eng alamli oʻyin haqida fikrlaringiz? -Alamli tomoni, jamoamiz 20 ta bahs davomida magʻlubiyatga uchramadi, 21-turga kelib esa "Nasaf" klubiga qarshi bellashuvda raqib bilan tengma-teng oʻynagan holda magʻlubiyatga uchraganimiz boʻldi. Mavsumni magʻlubiyatsiz seriyalar bilan yakunlamoqchi edik. Afsuski, oʻxshamadi. Shunday boʻlsada musobaqa jadvaliga nazar tashlasak, eng kam magʻlub boʻlgan jamoa "Neftchi" hisoblanadi. Eng yoqimli oʻyinlarga kelsak, musobaqadagi har bir gʻalaba qozongan oʻyinimiz men uchun eng yaxshilaridan boʻldi va albatta amaldagi chempion "Paxtakor" jamoasini uyda ham , safarda ham mugʻlub etganimiz bu albatta yoqimli. -Kelasi mavsumda muxlislarmiz jamoamizdan bu yilgi natijadan ham yaxshi natija kutishadi. Bu sizga bosim oʻtkazmaydimi? -Yoʻq, xammasi koʻngildagidek boʻladi. Yangi mavsum intrigalarga boy boʻladi va muxlislarimiz bizni qoʻllab- quvvatlab turishsa oldimizga qoʻyilgan vazifalarni albatta bajaramiz. -Namanganda gol urishingizga ishonganmidingiz? -Avval aytib oʻtganimdek, kim gol urishi ahamiyatsiz. Asosiysi, shu gollar jamoamiz uchun foyda keltirsa shuni oʻzi yetarli deb hisoblayman. Umuman olganda himoyachiga gol urish yoqimli ish (kuladi) -Jamoamiz muxlislari haqida fikrlaringiz va yangi mavsumda ularga nimalarni vaʼda qila olasiz? -Mavsum davomida stadionga kelib, jamoamizni qizgʻin qoʻllab- quvvatlab turishlarini xohlar edim. Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga juda koʻpchilik omad tilab yozadi.Ushbu muxlislarimizga alohida rahmat aytaman! Muxlislar koʻmagi bilan yaxshi mavsum oʻtkaza oldik. Shu asnoda yana bir narsani qoʻshimcha qilib ketsam.Jamoamiz 20 uchrashuvda magʻlub boʻlmadi, lekin kutilmagandagi magʻlubiyatlar oʻyinimizga oʻz taʼsirini oʻtkazdi. Shu paytda jamoaga muxlislarning daldasi ayni muddao boʻlar edi, deb hisoblayman. Muxlislarga murojaatim, "Neftchi"ni yaxshi kunida ham yomon kunida ham bir xilda qoʻllab-quvvatlashlarini soʻrab qolaman va biz yangi mavsumda natijalarni albatta yaxshilashga harakat qilamiz! "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar