MIHAY ROMAN "NEFTCHI" BILAN DO‘STONA XAYRLASHDI
6-avgust, 2024·1 min o'qish

Jamoamiz tarkibiga mavsum boshida kelib qo‘shilgan Ruminyalik hujumchi Mihay Roman bilan xayrlashdi! Roman jamoamiz tarkibida joriy mavsumda Superliga uchrashuvlarida 6 bor maydonda ko‘rinish bergan va 221 daqiqa harakat qilib, uch bor hakamlar tomonidan ogohlantirilgan. Mihay Romanga ahil jamoamiz nomidan kelajakdagi faoliyatiga omad yor bo‘lishini , jamoamiz ravnaqi yo‘lida qo‘shgan xissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Multumesc pentru tot, Mihay!