Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"METALLURG"-"NEFTChI" PREVYu

2-mart, 2023·1 min o'qish
90520

Ertaga 3 mart juma kuni yurtimizda Coca-Cola Superliganing yangi mavsumiga start beriladi. Chempionatning dastlabki 1-tur (ochilish) bahsini Vitaliy Levchenko bosh murabbiyligidagi "Neftchi" jamoasi safar oʻyini bilan boshlaydi. Shu kuni fargʻonaliklar Bekobodda "Metallurg" klubiga qarshi maydonga chiqishadi. Milliy chempionat doirasida jamoalar oʻzaro 44 marta toʻqnashishgan. Shundan 24 ta bahsda "Neftchi", 11 ta uchrashuvda " Metallurg" jamoasi ustunlik qilgan. 9 ta oʻyinda jamoalar murosa koʻchasini tanlashgan. Fargʻonaliklar oʻzaro qarama-qarshilikda 7:1 hisobida eng yirik gʻalabani qoʻlga kiritishgan, bekobodliklarda esa bu koʻrsatkich 3:1 koʻrinishida qayd etilgan. Umumiy toʻplar nisbati 75-41 "Neftchi"lar foydasiga. Bekobodda boʻlib oʻtgan oxirgi 5 ta uchrashuv natijalari quyidagicha 25.10.2022. "Metallurg"-"Neftchi" 1:0 28.07.2018. "Metallurg"-"Neftchi" 1:0 25.11.2017. "Metallurg"-"Neftchi" 1:0 22.11.2016. "Metallurg"-"Neftchi" 1:0 11.04.2015. "Metallurg"-"Neftchi" 0:1 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar