"METALLURG"-"NEFTChI" PREVYu

25 oktyabr seshanba kuni Oʻzbekiston Coca-Cola Superligasining 23-tur bahsida "Neftchi" jamoamiz Bekobodning "Metallurg" klubi mehmoni boʻladi. Jamoalar milliy chempionatimiz doirasida shu kungacha 43 marta oʻzaro toʻqnash kelishgan. Shundan 24 ta bahsda "Neftchi", 10 tasida" Metallurg" jamoasi ustunlik qilgan. 9 ta uchrashuvda jamoalar murosa koʻchasini tanlashgan. Fargʻonaliklarning oʻzaro qarama-qarshilikdagi eng yirik gʻalabasi 7:1, bekobodliklarda esa 3:1 koʻrinishida aks etgan. Umumiy toʻplar nisbati 75-40 "Neftchi" foydasiga. Eʼtiboringizga Bekobodda boʻlib oʻtgan oxirgi 5 uchrashuv natijalarini keltirib oʻtamiz 28.07.2018. "Metallurg"-"Neftchi" 1:0 25.11.2017. "Metallurg"-"Neftchi" 1:0 22.11.2016. "Metallurg"-"Neftchi" 1:0 11.04.2015. "Metallurg"-"Neftchi" 0:1 03.05.2014. "Metallurg"-"Neftchi" 2:1 "Neftchi" matbuot xizmati
