Yangiliklarga qaytish
Umumiy

MAShGʻULOTLAR OLDIDAN "NEFTChI" MUNOSIB KUTIB OLINDI.

9-oktabr, 2021·1 min o'qish
DSC_0052

Pro liganing safarda "Nurafshon" klubiga qarshi boʻlib oʻtgan bahsida yirik hisobda gʻalaba qozonib qaytgan "Neftchi" futbol klubi keyingi turga tayyorgarlik koʻrish uchun "Istiqlol" stadioniga tashrif buyurishi chogʻida jonkuyar muxlislari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi. Mazkur jarayonda ishtirok etish uchun oʻyingohga tashrif buyurgan viloyat hokimining oʻrinbosari, turizm va sport bosh boshqarmasining rahbari Hurshid Ahmedov jamoaning muddatidan oldin Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritilganligi munosabati bilan viloyat hokimi Hayrullo Bozorov nomidan samimiy qutlab, jamoaga kelgusida ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritishlarida omad va zafarlar yor boʻlishini tiladi. Shuningdek, uchrashuv chogʻida "Neftchi" futbol maktabining tarbiyalanuvchisi va jamoamizning yosh jonkuyar muxlisi Sayfullo Yuldashevga "Neftchi" futbol klubining libosi esdalik sovgʻa tariqasida topshirilib, kelajakdagi futbolchilik faoliyatiga yaxshi tilaklar bildirildi.

DSC_0001DSC_0006DSC_0008DSC_0011DSC_0013DSC_0015DSC_0016DSC_0026DSC_0032DSC_0034DSC_0040DSC_0052DSC_0059
Ulashish

O'xshash yangiliklar