MAShGʻULOTLAR DAVOM ETMOQDA
11-oktabr, 2023·1 min o'qish

Superliganing oxirgi tur uchrashuvini oʻtkazib, uch kunlik taʼtilga chiqqan "Neftchi" jamoasi vakillari bugundan boshlab mashgʻulotlarga kirishdilar. Qirgulidagi stadionda boʻlib oʻtgan tayyorgarlik jarayonida FIFA kunlari munosabati bilan turli ramziy terma jamoalarga chaqiruv olgan futbolchilardan tashqari barcha klub aʼzolari ishtirok etishdi va murabbiylar shtabining tuzilgan rejasiga koʻra yaqin kunlarda boʻlib oʻtadigan oʻrtoqlik nazorat uchrashuviga tayyorgarlik jarayonini koʻtarinki ruhda olib bordilar. https://youtu.be/pq0SsgZpYg4?si=FgmuUAQ9Q4-8UFse 🟡"Neftchi" PFK matbuot xizmati








