Yangiliklarga qaytish
Umumiy

MARUSHICHNING GOLI MAGʻLUBIYATDAN SAQLAB QOLDI

25-yanvar, 2025·1 min o'qish
IMG_20250125_081910_339

Turkiyaning Antalya shahrida yig‘inlarning birinchi bosqichini yakunlayotgan jamoamiz nazorat uchrashuvini Shimoliy Makedoniyaning "Sileks" klubi a’zolari bilan kuch sinashdi. Bellashuvning birinchi bo‘limida jamoamiz tomonidan kiritilgan golga raqib jamoa birinchi bo‘limning so‘nggi soniyalarida gol kiritib tanaffusga hisobni 1:1 ko‘rinishiga olib keldi. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida hujumkorligimiz yanada oshdi. Tablodagi hisobga qarab yigitlarimiz ancha shiddatliroq harakat qilib, hujumga hujum bilan javob qaytarishga erishdi. O‘yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida hakam tomonidan darvozamiz tomon penalti belgilandi va mehmonlar hisobda oldinga chiqib olishdi. Jamoamiz goldan so‘ng hisobni o‘zgartirishga harakat qildi. Bosh hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda jamoamiz foyidasiga penalti belgilandi. Penaltidan mohirona foydalangan Zoran Marushich hisobni tenglashtirishga erishdi 2:2 "Neftchi" - "Sileks" 2:2 Gollar: Vladimir Yovovich, Zoran Marushich (penalitidan). "Neftchi": 25.Eldor Suyunov, 20.Anvar G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 24.G'ulomxaydar G'ulomov, 6. Ikrom Aliboev, 9. Shohrux Gadoev, 7. Abror Ismoilov, 30. Quvondiq Ruziev, 77.Bilolxon Toshmirzaev, 32.Zoran Marushich, 10.Vladimir Yovovich. "Sileks": 25.Lyupche Dzekov, 21.Marko Nikolovski, 7.Angelche Timovski, 99.David Mateski, 6.Darko Angjeleski, 13.Gligorche Yefremov, 8.Darko Dodev, 24.Nikola Braunovich, 29.Ivan Subert, 20.Tomche Grozdanovski, 19.Marko Giorgievski. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar