Yangiliklarga qaytish
Onlayn

MANSURBEK TOSHMATOV BILAN SHARTNOMA UZAYTIRILDI

23-yanvar, 2025·1 min o'qish
IMG_20250123_204206_458

Mansurbek Toshmatov 2022 yildan buyon "Neftchi" futbol klubiga rahbarlik qilib kelmoqda. Jamoa 2025 yilda o‘z oldiga yanada ulug‘vor vazifalarni qo‘yib, mavsumga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yangi mavsumda jamoamizga g‘olibona an’analarini yuksak cho‘qqiga ko‘tarish yo‘lida maqsad va vazifalar qoʻyildi. Shuni hisobga olib Mansurbek Toshmatov 2025 yilda ham jamoani boshqarishni davom ettirish maqsadida shartnoma imzoladi. Unga "Neftchi" PFK rahbari sifatida oliyjanob maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida katta muvaffaqiyat va ulkan omadlar tilaymiz.

Ulashish

O'xshash yangiliklar