MAGʻLUBIYaTSIZ SERIYaMIZ DAVOM ETMOQDA

Shiddatli va keskin kurashlar ostida oʻtgan OKMK-"Neftchi" uchrashuvining birinchi boʻlimi fargʻonaliklar ustunligida kechgan boʻlsada, birinchi boʻlib golni mezbonlar kiritishga muvaffaq boʻlishdi. 43-daqiqada himoyachilarimizning qoʻpol hatosi tufayli darvozamiz tomon penalti belgilandi va Xurshid Gʻiyosov bundan unumli foydalanib, olmaliqliklarni hisobda oldinga olib chiqdi 1:0. Ikkinchi boʻlimda Ulugʻbek Xoshimov bilan Lutfulla Toʻraevlar oʻrniga Bachana Arabuli hamda Diyorjon Turopovlar maydonga tushirildi. Bu oʻzgartirishlar jamoamiz oʻyinini jonlantirishga turtki boʻldi chogʻi, futbolchilarimiz hujumkor oʻyin namoyish etib, bir qator xavfli vaziyatlarni yaratishdi va oxir-oqibat bu oʻz mevasini berdi. 89-daqiqada mezbonlar jarima maydonchasi ichiga uzatilgan toʻpni himoyachilar qaytarishga erishdi, lekin qaytgan toʻpga birinchi boʻlib yetib kelgan Muhsinjon Ubaydullaev toʻpni darvozaga aniq yoʻllab oʻyindagi muvozanatni tikladi 1:1. Urilgan goldan soʻng jamoamiz hujum uyushtirishda davom etdi. Ammo, yakunda hisob oʻzgarmadi va keskin kurashlar ostida kechgan oʻyinda durang natijasi qayd etildi. Coca Cola Superligasi 17-tur OKMK – "Neftchi" 1:1 Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 18:30 Bosh hakam: Ilgiz Tantashev Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Farhod Usmonov Zaxira hakami: Akmal Rahimov VAR: Rustam Lutfulin AVAR: Rishat Nugmanov Nazoratchi: Viktor Serazetdinov Komissar: Sherzod Rajabov Gol: 1:0 — 42 (pen.), Xurshid Gʻiyosov, 1:1 — 88, Muhsinjon Ubaydullaev. OKMK: 1.Botirali Ergashev, 2.Akramjon Komilov, 3.Sardor Rahmonov, 4.Mirjamol Qosimov (15.Oybek Rustamov, 69), 5.Anzur Ismoilov, 8.Abdulla Abdullaev, 9.Ruben Sanches, 10.Xurshid Gʻiyosov, 17.Sanjar Tursunov (s), 20.Islom Toʻxtaxoʻjaev, 27.Martin Boakye (88.Siyavash Xaqnazariy, 69) Zaxira: 12.Dilshodbek Yoqubov, 25.Valijon Rahimov, 7.Dilshod Ahmadaliev, 14.Mirjahon Mirahmadov, 19.Muhammadanas Hasanov, 29.Vitaliy Denisov, 34.Ulugʻbek Sunnatov. "Neftchi": 12.Vladimir Nazarov, 2.Zoir Joʻraboev, 7.Umar Adhamzoda (5.Tomislav Mrchela, 90+4), 8.Sharof Muhitdinov, 9.Ulugʻbek Hoshimov (40.Bachana Arabuli, 46), 13.Lutfulla Toʻraev (23.Diyorjon Turopov, 46), 19.Mirzohid Gʻofurov (70.Abbosjon Gʻulomov, 68), 20.Anvarjon Gʻofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Giorgi Nikabadze, 24.Gʻulom Haydar Gulyamov. Zaxira: 45.Akbar Toʻraev, 3.Nodirxon Neʼmatxonov, 26.Oleysey Larin, 28.Fozil Musaev, 77.Biloljon Toshmirzaev. Ogohlantirish: Ruben Sanches (13), Umar Adhamzoda (28), Lutfulla Toʻraev (40), Islom Toʻxtaxoʻjaev (53 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati