Yangiliklarga qaytish
Umumiy

MAGʻLUBIYATSIZ SERIYA DAVOM ETADI

19-yanvar, 2025·1 min o'qish
IMG_20250119_204745_470

Turkiyaning Antalya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Neftchi" jamoasi xorijiy davlatlardan kelgan futbol klublari bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazishni davom ettirmoqda. Bugun farg‘onaliklar Kosovoning "Prishtina" jamoasi bilan kuch sinashdilar. Uchrashuv birinchi bo‘limining dastlabki daqiqalarida ustunlik neftchilar tomonida bo‘ldi. Yigitlarimiz raqiblar tomon shiddatli va xavfli hujumlar uyushtirdilar. Bo‘lim o‘rtalarida kuchlar tenglashganday bo‘ldi. So‘ngra esa tashabbus kosovaliklar tomoniga o‘tdi. Ular ham darvozabonimizni tez tez bezovta qilib turdilar. 38-daqiqada himoyachilarimiz jarima maydonchamiz yaqinida qoida buzilishiga sababchi bo‘ldilar. Bosh hakam tomonidan belgilangan jarima to‘pini darvozaga yo‘llash imkoniyati vujudga keldi. Biroq bu xavf darvozabonimiz Botirali Ergashev tomonidan mohirlik bilan bartaraf etildi. Qolgan daqiqalarda ikkala tomonning urinishi ham natija bermadi va jamoalar tanaffusga 0:0 hisobidagi natija bilan chiqdilar. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida jamoamizda hujumkorlikni oshirish uchun qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Lekin,bu natija bermadi. Aksincha, raqiblar hujumkorligi darvozamizga tez tez xavf tug‘dira boshladi. Yaxshiki yigitlarimiz himoyani kuchaytirgan holda raqiblar hujumini yo‘qqa chiqarib turishdi. Shu tariqa, bu bellashuv ham 0:0 hisobida durang natija bilan yakunlandi. Vitaliy Levchenko shogirdlariga navbatdagi bellashuvlarda hujumkor va shiddatliroq harakat qilib, o‘z mahoratlarini amalda namoyish etishlarini tilaymiz. NAZORAT UCHRASHUVI "NEFTCHI" 0:0 “PRISHTINA" Stadion "Fanatik" 19 yanvar soat 18:00 “Neftchi" tarkibi: 1.Botirali Ergashev 20.Anvar Gʻofurov 19.Yovan Jokich 34.Farruh Sayfiyev 77.Bilolxon Toshmirzayev 9.Shohruh Gadoyev 14.Jamshid Boltaboyev 7.Abror Ismoilov 10.Jamshid Iskanderov 22.Toma Tabatadze 17.Muhammadali Gʻiyosov Zaxirada: 45.Akbar To‘rayev 25.Eldorbek Suyunov 33.Shohruh Yoqubjonov 66.Doniyor Valiyev 60.Muhammadziyo Adhamjonov 9.Ikrom Aliboyev 21.Muxsinjon Ubaydullayev 30.Quvondiq Ro‘ziyev 24.Gʻulom Haydar Gulyamov 32.Zoran Marushich Bosh murabbiy: Vitaliy Levchenko "Prishtina" tarkibi: 12.Ardit Nika 4.Ardian Limani 18.Ardi Aydini 3.Leonat Vitiya 5.Drilon Islami 11.Adrian Muya 20.Ramiz Baytaygi 6.Gentrit Salixu 10.Albin Krasnigi 9.Leotrim Krayeziu 88.Aksel Gnapi Zaxirada: 50.Agron Kolay 13.Dion Gallapeni 8.Rigon Liugiji 21.Ron Rachi 7.Alban Shillova 15.Diar Halili 19.Sinan Kadiri 14.Rin Ahmeti 97.Dashmir Elezi 29.Lorian Fazliu 25.Ngatta Junior "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar